Tovlamachi dasturlar turlari va vektor hujumlar tahlili

Authors

  • Аmirxon Nosirov Tashkent State University of Law Author

Keywords:

kiberjinoyatchilik, tovlamachi dasturlar, tovlamachi dasturlar turlari, vektor hujumlar, jinoyat izlari, jinoyat usuli, jinoyatchi shaxsi

Abstract

Ushbu maqolada tovlamachi dasturlar turlari va vektor hujumlar umumiy tushunchasi hamda kriminalistik tahlili bayon etilgan. Unda tovlamachi dasturlardan foydalanish bilan bogʻliq jinoyatining kriminalistik tavsif elementlari, ya’ni jinoyat predmeti, jinoyat sodir etish usullari, jinoyat izlari, jinoyatchining shaxsi haqidagi ma’lumotlar, jinoyat shart-sharoitlari yoritilgan.
Shu bilan birga, tovlamachi dasturlar bilan bogʻliq jinoyatini tergov qilishda raqamli izlar bilan ishlash jarayoni, milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolar hamda boʻshliqlar tanqidiy koʻrib chiqilgan. Ularni bartaraf etishning ilmiy asoslangan yoʻllari va mezonlari ishlab chiqilgan. Maqola tovlamachi dasturlar va raqamli izlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, nazariyotchi olimlar hamda amaliyotchi xodimlar fikr-mulohazalari asosida tayyorlangan.
Bundan tashqari, onlayn jinoyat turlaridan biri boʻlmish internet tovlamachilik jinoyatini bank kartalari bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatiga oʻxshash jihatlari muhokama qilingan. Maqolada sohada yuzaga kelayotgan muammolar tizimli, huquqiy, ilmiy-amaliy jihatdan tahlil etilgan, bu yuzasidan mualliflik xulosalari shakllantirilgan. Qonun chiqaruvchi va uni qoʻllovchi subektlar uchun ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Downloads

Published

2024-03-01

Issue

Section

Digital Forensics